Jahon | 20:10 / 13.05.2019
3643
2 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada 900 ga yaqin bola aksilterrorchilik tashkiloti safidan ozod etildi

Nigeriyada “Boko Harom” terrorchilik guruhiga qarshi kurashuvchi harbiy tashkilot safiga yollangan 900 ga yaqin bola ozod etildi. Bu haqda YUNISEF bayonotiga iqtibos keltirgan holda CNN Africa nashri xabar berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, hammasi bo‘lib 894 bola, jumladan 106 qiz ozod etilgan.

Ular Mayduguri shahridagi “Birlashgan fuqarolik kuchlari” (CJTF) harbiy tashkiloti tomonidan yollangan bo‘lganlar.

CJTF 2013 yilda Nigeriyadagi barqarorsizlikka qarshi kurash uchun tashkil etilgan tashkilotdir. 

“Biz bolalar uchun kurashni yakunlay olmaymiz, chunki ular hamon jangovar harakatlardan aziyat chekmoqdalar. Biz operatsiyani Nigeriyadagi harbiy tashkilotlar saflarida birorta bola qolmaguncha davom ettiramiz”, deb aytgan YUNISEFning Nigeriyadagi vakili Muhammad Foll.

YUNISEF ma'lumotlariga ko‘ra, 2013 yildan 2017 yilgacha CJTF safiga 3500 dan ko‘proq bola yollangan. CJTF 2017 yilda bolalarni yollashni to‘xtatish haqidagi kelishuvni imzolagach uning safidan 1727 bola ozod etilgan.

YUNISEFning ma'lum qilishicha, mahalliy ma'muriyatlar bilan birgalikda ozod etilgan bolalarni moslashtirish bo‘yicha dastur olib borilmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid