Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Musulmon sayyohlar orasida eng ommaviy davlatlar ma'lum qilindi
CrescentRating kompaniyasi MasterCard bilan hamkorlikda an'anaviy Global Muslim Travel Index (GMTI) reytingini tuzdi. Bu reytingda musulmon sayyohlar orasida eng ommaviy davlatlar keltirilgan.
Mutaxassislar reytingni tuzishda atrof-muhit, xizmatlar sifati, narx va kommunikatsiya kabi mezonlarni tahlil qilib chiqishgan. Reytingning tarixida Indoneziya ilk bor1-o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, Malayziya ham 1-o‘ringa loyiq topilgan. Ikkala davlat ham 78 ball to‘plagan.
Shuningdek, yetakchi o‘ntalikdan Turkiya (75 ball), Saudiya Arabistoni (72 ball), BAA (71 ball), Qatar (68 ball), Marokash (67 ball), Bahrayn (66 ball), Ummon (66 ball) va Bruney (65 ball) o‘rin egallagan.
Dunyoning yetakchi davlatlaridan Rossiya va AQSh 46-o‘rinni egallagan. Ular bilan bu o‘rinni Gambiya, Mali va Nigeriya bo‘lishgan.
O‘tgan yilgi reytingda 1-o‘rinni Malayziya, 2-o‘rinni Indoneziya egallagan.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
20:51 / 12.05.2025