Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ibrahimovichga nisbatan bir haftada ikkinchi marta intizomiy jazo qo‘llandi
MLS Intizom qo‘mitasi «Los-Anjyeles Gelaksi» hujumchisi Zlatan Ibrahimovichni ikkita o‘yinga diskvalifikatsiya qilib, jarimaga tortish haqida qaror chiqardi.
37 yoshli shvedga nisbatan bir hafta oldin «Nyu-York Siti» bilan o‘yindagi (0:2) xatti-harakatlari sabab sanksiya qo‘llangan. O‘yinning 86-daqiqasida Ibrahimovich va «shaharliklar» darvozaboni Shon Jonson o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan, natijada ularning ikkalasi ham ogohlantirilgan edi.
Qayd etish joiz, o‘tgan hafta ham Zlatanga nisbatan intizomiy chora ko‘rilgan edi. U «Kolambus Kryu»ga qarshi bahsning (1:3) 23-daqiqasida ishlatgan simulyatsiyasi uchun jarimaga tortilgan. Jarima miqdori ma'lum qilinmagan.
Ma'lumot uchun, 9-raqam egasi bu mavsum «Los-Anjyeles Gelaksi»ning MLS`dagi 12ta o‘yinidan 10tasida maydonga tushib, 9ta gol urdi va 2ta golga assistentlik qildi. Jamoa ayni paytda Sharqiy mintaqada 12ta klub orasida 3-o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid
15:06 / 28.06.2023
Ibrahimovich, Beyl, Iguain va bu yil faoliyatini yakunlagan boshqa yulduzlar
19:56 / 12.06.2023
Vengerga yo‘q degan, Mourinoni otasidek ko‘rgan, Gvardioladan nafratlangan. Ibrahimovich faoliyatidagi eng yorqin lahzalar
03:17 / 05.06.2023
«Futbol bilan xayrlashish fursati yetdi». Zlatan Ibrahimovich faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi
14:10 / 21.11.2021