Olimlar sayyoramizga yangi davr kirganini e'lon qilishdi

Foto: EPA /NASA
Lester universiteti (Buyuk Britaniya) tadqiqotchisi Yan Zalasevich boshchiligidagi olimlar guruhi sayyoramizda yangi geologik davr – inson davri boshlanganini e'lon qilishdi.
“Antropotsen” deb nom olgan yangi davrning asosiy farqli jihati atrof-muhit va iqlimga hukmron ta'sirni inson ko‘rsatishidan iborat.
Yangi davrni yadroviy qurol sinovlarining radioaktiv oqibatlari, plastmassa qoldiqlari paydo bo‘lishi, Ikkinchi jahon urushidan keyingi iqtisodiy faollik oqibatida yuz bergan uglerod ifloslanishdan 1950-yillardan boshlab kuzatish mumkin bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, 34 mutaxassis o‘nlab yillar davomida antropotsen geologik asoslangan g‘oya hisoblanishi isbotini tahlil qilishgan. “Biz antropotsen nimaligini juda yaxshi tushunamiz. Biz muammoga xolis qaraymiz. Geologiya bu borada yaxshidir: toshlar aldamaydi”, deb aytgan Zalasevich.
Endi olimlar Xalqaro stratigrafiya komissiyasiga antropotsen davri kirganining rasman tan olinishi haqida ariza topshirishadi. Agar yangi davr kirgani tan olinsa, unda antropotsen sayyoramizda 12 ming yil avval muzlik davridan keyin boshlangan golotsen davri o‘rniga keladi.
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ayni vaqtda insonlar faoliyati jonzotlar va o‘simliklarga oxirgi 10 mln yildagi ta'sirdan 100 marta kuchliroq xavf solmoqda.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
Mavzuga oid

16:10 / 27.03.2025
Olimlar birinchi marta Neptundagi qutb yog‘dularini tasvirga oldi

17:02 / 22.01.2025
Koinotda 33 ming km/soat tezlikdagi shamol qayd etildi - bu rekord ko‘rsatkich

11:26 / 01.10.2024
Olimlar Quyosh qachon “o‘lishini” ma’lum qildi: Yerga nima bo‘ladi?

11:12 / 27.08.2024