Jahon | 16:46 / 30.05.2019
11653
1 daqiqa o‘qiladi

Oliy rada Ukraina bosh vazirining iste'fosini qabul qilmadi

Foto: REUTERS/Valentyn Ogirenko

Oliy rada Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysmanning iste'fosini qabul qilmadi. Uning iste'fo haqidagi so‘rovini 226 ovoz lozim bo‘lgani holda 97 deputat qo‘llab-quvvatladi.

Shu tarzda, hukumat o‘z ishini to‘liq tarkibda davom ettiradigan bo‘ldi.

Ovoz berishdan oldin Groysman radaning har qanday qarorini qabul qilishini bildirdi.

"Har qanday qarorni hurmat bilan qabul qilaman, mening iste'fo haqidagi qarorim tuyg‘ularga bog‘liq emas, bu mening pozitsiyam va hayotimda hech qachon mas'uliyatni boshqalarga yuklamaganman", - dedi u.

Ukraina bosh vaziri iste'foga chiqishi haqida 20 may kuni e'lon qilgandi.

Groysman hukumatni 2016 yildan boshqara boshlagan bo‘lib, 38 yoshida Ukraina tarixidagi eng yosh bosh vazirga aylangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid