Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda egasi vafot etgan xonadonni sotgan firibgarlar qo‘lga olindi
2019 yil 29 may kuni Toshkent shahrining Chilonzor tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga hujjatlar to‘plami tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Ularda 2018 yil 8 oktabr kuni Sergeli tumani Sputnik 8-dahada yashovchi 50 yoshli S.A., Chilonzor tumanida yashovchi 44 yoshli N.Ya. va 47 yoshli N.M.lar marhuma 72 yoshli Ye.L. ismli ayolni 2015 yilda vafot etganligini bila turib, uning nomidagi xonadon hujjatlarini qalbakilashtirib, ushbu xonadonni Chilonzor tumanida yashovchi 34 yoshli N.U. ismli ayolga 22 500 AQSh dollariga firibgarlik yo‘li bilan sotib, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganliklari aniqlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.A., N.Ya. va N.M. ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025