O‘zbekiston | 08:16 / 31.05.2019
17566
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston» mehmonxonasi yana 33 million dollar bahosida savdoga qo‘yildi

Foto: KUN.UZ

“O‘zbekiston” mehmonxonasi kompleksini sotish bo‘yicha ochiq tanlov savdolari o‘tkazilishi haqida xabarlar tarqalgandi, deb yozmoqda O‘zA.

Bir vaqtlar “O‘zbekiston” mehmonxonasi Toshkentning ramzlaridan biri sanalar edi. Biroq, bugungi kunda mehmonxona o‘z mavqeini boy bermoqda shekilli, o‘tgan safar e'lon qilingan savdolarga bironta ham ariza kelib tushmagan. Shu sababli muhtasham mehmonxona yana sotuvga qo‘yilmoqda. Narx ham o‘zgarmagan – 33 million AQSh dollari, deyiladi xabarda.

Ko‘pchilik sotuvga faqat mehmonxona qo‘yilgan, deb o‘ylayotgan bo‘lsa adashadi. “O‘zbekiston” mehmonxonasi kompleksiga shu hududdagi barcha inshootlar (ikkita restoran, umumiy ovqatlanish shoxobchasi, anjumanlar zali va h.k) kiradi.

Foto: O‘zA
Foto: O‘zA

“O‘zbekiston” mehmonxonasi Toshkentning qoq markazida joylashgan bo‘lib, aeroport va temir yo‘l vokzaliga yaqinligi hamda qulay joylashuvi bilan mijozlarning e'tiborini o‘ziga tortadi. Ushbu mehmonxonaning davlat ulushini sotib olish bo‘yicha tenderda ishtirok etish uchun murojaat etuvchi yoki uning vakolatli vakili Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga ariza berishi lozim.

Foto: O‘zA

Tanlov o‘tkazilmagan, deb hisoblangan taqdirda takroriy tanlov dastlabki tanlov o‘tkazilgan kun (2019 yil 11 iyun)dan boshlab har o‘n ish kunida bir marta o‘tkazilishi mumkin.

Mavzuga oid