O‘zbekiston | 09:27 / 31.05.2019
14802
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya O‘zbekistondagi aeroportlarni ham modernizatsiya qiladigan bo‘ldi

Foto: KUN.UZ

Rossiyaga qarashli «Novaport» kompaniyasi O‘zbekistonning Samarqand, Namangan va Urganch aeroportlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda «Kommersant'» xabar berdi.

Qayd etilishicha, «Novaport» Uzbekistan Airways’ga tegishli bo‘lgan yuqoridagi uch aeroportni modernizatsiya qilish va rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Nashrning «Novaport»dagi suhbatdoshlari so‘ziga ko‘ra, holding kapitalda ishtirok etish uchun da'vogar emas: gap konsessiya haqida ketmoqda: «Konsalting kompaniyalari shartlarni ishlab chiqish uchun jalb qilinadi, ish to‘rt oy davom etadi». Holding na investitsiyalar hajmini, na o‘zgarishlar ko‘lamini oshkor qilmagan.

Samarqand aeroporti birinchi navbatda rekonstruksiya qilinishi kerak: 2022 yilda shahar Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitini qabul qiladi. Namangan va Urganch aeroportlarini modernizatsiya qilish uchun ko‘proq vaqt ajratildi: taxminan besh yil.

Ta'kidlash joizki, «Novaport» kompaniyasi aktivida quyidagi aeroportlar bor:

1. Chita xalqaro aeroporti
2. Chelyabinsk xalqaro aeroporti
3. Tomsk xalqaro aeroporti
4. Astraxan xalqaro aeroporti
5. Volgograd xalqaro aeroporti
6. Novosibirsk xalqaro aeroporti
7. Tyumen xalqaro aeroporti
8. Murmansk xalqaro aeroporti
9. Perm xalqaro aeroporti
10. Kemerovo xalqaro aeroporti
11. Mineralnyye Vody xalqaro aeroporti
12. Kaliningrad xalqaro aeroporti.

Bundan oldin, O‘zbekiston yana bir yo‘nalishda Rossiya bilan hamkorlik qilishi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid