Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Eron bilan urushishga yo‘l qo‘ymaslikka va'da berdi
Yaqin Sharq mamlakatlari ayni damda juda murakkab onlarni boshdan kechirmoqda va Eron qat'iyat ko‘rsatishi lozim bo‘ladi, deb hisoblaydi Ar-Riyoddagilar.
Saudiya Arabistoni esa har qanday yo‘l bilan Yaqin Sharqda urush kelib chiqishining oldini olishga harakat qiladi. Bu haqda 30 may, payshanba kuni Saudiyaning tashqi ishlar bo‘yicha davlat vaziri Abdulloh al-Jubayr Makka shahrida Arab davlatlari Ligasi (ADL) shafeligida bo‘lib o‘tayotgan Fors ko‘rfazidagi vaziyat bo‘yicha shoshilinch sammitda ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle.
«Urush mintaqadagi barcha uchun ziyon bo‘ladi, shu sababli har qanday yo‘l bilan undan qochish harakatidamiz», – degan al-Jubayr.
Uning fikricha, mintaqa davlatlari ayni paytda murakkab davrni boshdan kechirmoqda. Davlat vaziri Eron agar vaziyatni yumshatishni istasa, o‘zini qo‘lga olishi kerak, deb hisoblaydi.
ADL ma'lumotlariga ko‘ra, Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi vakillari BAA sohillari yaqinida tankerlarga hujumni, shuningdek, shialarning «Ansorulloh» harakatiga a'zo husiychi qo‘zg‘olonchilarning Ar-Riyoddan uncha uzoqda bo‘lmagan, davlatga tegishli Saudi Aramco neft qazib oluvchi kompaniyaning neft quvurlariga uchuvchisiz uchar apparatlar yordamida berilgan zarbalarni ham muhokama qilishadi.
Garchi Eronning bu voqealarga aloqasi yo‘qligi haqidagi bayonotlariga qaramasdan, Saudiya Arabistoni mudofaa vazirligi husiychilar neft quvuriga aynan Tehronning ko‘rsatmasi bilan hujum uyushtirilgan, degan fikrni ilgari surmoqda.
Rasmiy Ar-Riyod bu hujumlar jahon neft bozorlarining ta'minot yo‘nalishlari va barqaroriga jiddiy putur yetkazishi haqida ogohlantirgan. Davlat vaziri Odil al-Jubayr 26 may kuni Ar-Riyodda o‘tkazilgan matbuot anjumanida shunday degan: «Agar narigi taraf urush boshlasa, qirollik o‘zini va o‘z manfaatlarini keskin va qat'iy himoya qiladi».
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025