Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Liverpul» Chempionlar Ligasi finalida «Tottenhem»ni mag‘lub etdi
Sergio Perez / Reuters / Scanpix / LETA
1 iyun oqshomida Madriddagi «Vanda Metropolitano» stadionida «Tottenhem» va «Liverpul» klublari Chempionlar Ligasida finalida o‘zaro bellashdi.
2-daqiqada Muhammad Saloh penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 87-daqiqada Divok Origi jarima maydoni ichidan aniq zarba yo‘llab, hisobdagi farqni oshirdi.
Natijada «Liverpul» 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida 6-marta (1977, 1978, 1981, 1984, 2005, 2019) nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi.
«Liverpul» qatorasiga ikkinchi mavsumda finalda o‘ynadi — o‘tgan yili Yurgen Klopp shogirdlari finalda «Real»ga mag‘lub bo‘lgandi. Jamoa oxirgi marta turnirda — 2005 yilda g‘olib chiqqandi.
Bu Chempionlar ligasi tarixida ikkinchi marta ingliz jamoalari to‘qnashuvi bo‘ldi. 2008 yilning 21 mayida «Manchester Yunayted» va «Chelsi» Moskvadagi «Lujnikov» o‘yingohda YeChL kubogi uchun to‘qnashgan edi. O‘shanda o‘yinning asosiy vaqtida durang hisob (1:1) qayd etilgach o‘tkazilgan penaltilar seriyasida «Manchester Yunayted» ustun kelgandi (6:5).
Chempionlar Ligasi
Final
Tottenhem (Angliya) – Liverpul (Angliya) 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 2, penalti Saloh, 0:2 – 87 Origi.
Tottenhem – Loris, Alderveyreld, Rouz, Tripper, Vertongen, Alli (Lorente, 82), Uinks (Lukas Moura, 66), Sissoko (Dayyer, 74), Eriksen, Son Hyon Min, Keyn.
Liverpul – Alisson, Matip, Roberson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Xenderson, Fabino, Veynaldum (Milner, 62), Mane (Gomes, 90), Saloh, Firmino (Origi, 58).
Mavzuga oid
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
18:52 / 01.05.2025
«To‘rt og‘ayni botirlar». Yevropa ligasi yarimfinallari oldidan
11:45 / 27.12.2024