Sport | 21:40 / 02.06.2019
30578
3 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul» YeChLda g‘olib bo‘lish orqali qancha pul ishlab oldi?

Yevropa Chempionlar ligasining 2018-19 yilgi mavsumining Madriddagi «Vanda Metropolitano» o‘yingohida kechgan finalida «Liverpul» «Tottenhem»ni mag‘lub etdi.

Quyida yevrokubok finaliga yetib kelgan jamoalarning moliyaviy daromadlari keltiriladi.

«Liverpul»ning daromadlari
YeChL guruh bosqichi:

– Kafolatlangan pul miqdori 15,25 million yevro;
– Guruhdagi uch g‘alaba uchun 8,1 million yevro;

YeChL pley-offi:
– 1/8 finalga chiqqanlik uchun 9,5 million yevro;

– 1/4 finalga chiqqanlik uchun 10,5 million yevro;

– 1/2 finalga chiqqanlik uchun 12 million yevro;

– Finalga chiqqanlik uchun 15 million yevro;

– Finaldagi g‘alaba uchun 4 million yevro;

– UYeFA Superkubogidagi ishtirok uchun 3,5 million yevro (14 avgust kuni Istanbulda bo‘ladi, raqib – «Chelsi»).

UYeFA reytingi asosida to‘lov:
– 24,376 million yevro. Yangilangan reyting hali e'lon qilinmadi, ammo hozirdanoq «Liverpul» mavsumni 14-o‘rinda yakunlashi ma'lum. YeChL-2018/19 ishtirokchilari orasida qizillar – 11-o‘rinda. Shu tariqa, klub 22 ulushga ega bo‘ladi, ularning har biri 1,108 million yevrodan.

Marketing pul orqali to‘lov:
– 12,7 million yevro atrofida (Swiss Ramble blogi ma'lumotiga ko‘ra).

Shu tariqa, «Liverpul»ning YeChL-2018/19 orqali topgan puli – 114,9 million yevro.

«Tottenhem»ning daromadi:
«Tottenhem» guruh bosqichi va pley-offdagi ishtiroki uchun UYeFAdan «Liverpul»ga qaraganda kamroq pul oladi - 69,45 million yevro. UYeFA klublar reytingida «shporlar» 21-o‘rinda qayd etilgan (YeChL-2018-19 yilgi mavsumi ishtirokchilari orasida 17-o‘rin). Buning evaziga jamoa 16 ulush oladi (17,728 million yevro). Marketingi orqali «Tottenhem» «Liverpul»nikidan ko‘proq pul ishlagan - 16,1 million yevro. Londonliklarning YeChL mavsumidan jami daromadi - 103,3 million yevroni tashkil etadi.

Mavzuga oid