Light | 16:30 / 02.06.2019
91364
3 daqiqa o‘qiladi

Samodan turib olingan kishini hayratga soluvchi suratlar (Makka)

Ramazon oyining so‘nggi kunlarida muqaddas Makka shahrida ibodat qiluvchilarning katta oqimi kuzatiladi. 

Namozxonlar barcha musulmonlar ibodat qilishlari kerak bo‘lgan Ka'ba oldida namoz o‘qishadi. 

Foto: AFP/Getty Images

Ramazon oyi yakunlanmoqda va bir necha kundan keyin Iyd bayrami boshlanadi. 

Musulmon va arab siyosatchilarining oliy darajadagi uchrashuvlari uchun qat'iy xavfsizlik tartibi joriy etilishiga qaramasdan, Ramazon oyining so‘nggi kunlarida Islomning eng muqaddas shahri ziyoratchilar bilan to‘lib-toshgan.

Foto: AFP/Getty Images

Havodan turib olingan ajabtovur fotosuratlar Makkaga diniy amallar uchun sayohat qilgan ibodat qiluvchilar soni naqadar ko‘pligidan dalolat bermoqda.

Musulmonlar taqvimida eng muqaddas hisoblangan Ramazon oyining oxirgi o‘n kunligida Makka shahriga tashrif buyuruvchilar soni ortib boradi. 

Foto: AFP/Getty Images

Butun dunyodan kelgan ziyoratchilar muqaddas shahardagi katta masjidda va musulmon bo‘lmaganlar uchun kirish taqiqlangan boshqa joylarda namoz o‘qishadi.

Ibodatchilar Islomning eng asosiy masjidi markazida joylashgan Ka'ba atrofida to‘planishgan. 

Foto: AFP/Getty Images

Bu dunyo bo‘ylab barcha musulmonlar namoz o‘qiyotganlarida joynamozlarni solib, Alloh oldida tiz cho‘kishadigan joydir.

Namozxonlar joynamozlarini yoyib, Ka'baga yuzlanib sajda qilmoqdalar. 

Foto: AFP/Getty Images

Saudiya Arabistonining muqaddas Makka shahridagi katta masjid, ayniqsa Ramazon oyida, millionlab musulmonlar uchun ziyoratgoh hisoblanadi.

31 may kuni katta masjidga qarata qurilgan saroyda Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud Buyuk Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi va Arab Birligining navbatdagi favqulodda yig‘inlarini o‘tkazdi.

Foto: AFP/Getty Images

Ko‘pchilik musulmonlar Ramazonning oxirgi o‘n kunligini ibodat qilish bilan o‘tkazishadi. Musulmonlar muqaddas oyda tongdan to kechgacha ovqat yeyishdan tiyilishlari kerak. 

Iyd bayrami Ramazon oyi tugaganini anglatadi va bu bayramning nishonlanishi 4 iyunda kutilmoqda, biroq islomiy oy taqvimiga ko‘ra uning nishonlanishi farq qilishi mumkin. 

Foto: AFP/Getty Images

Makkai mukarrama Islomning asoschisi, Qur'onning birinchi vahiysi bo‘lgan  Muhammad (Sollallohu alayhi vasallam)ning tug‘ilgan joyi hisoblanadi. Haj mavsumida millionlab musulmonlar Ka'baga yuzlanib ibodat qilish uchun haj qilishadi.

Mavzuga oid