Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda kurash bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkaziladi
7-12 iyun kunlari Buxoro shahridagi «Buxoro» sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha hazrat Bahouddin Naqshband xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘tkaziladi.
Ilk marta tashkil etilayotgan xalqaro turnirda Eron, Hindiston, Italiya, Meksika va Janubiy Afrika Respublikasi kabi dunyoning 50ga yaqin davlatidan 100dan ortiq nomdor polvonlar g‘oliblik uchun bellashishi kutilmoqda.
Xalqaro turnirda erkaklar 60, 66, 73, 81, 90 va 100 kg.gacha hamda 100 kg.dan yuqori vazn toifalarida kuch sinashsa, ayollar 52, 63 va 78 kg.gacha bo‘lgan vaznda g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.
Musobaqada o‘z vazn toifalarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan polvonlar 3000 AQSh dollari, 2-o‘rin sohiblari 2000 AQSh dollari hamda 3-o‘ringa sazovor bo‘lgan polvonlar esa 1000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi.
8 iyun kuni kechki payt «Buxoro» stadionida turnirning tantanali ochilish marosimi va katta konsert bo‘ladi. 9-10 iyun kunlari kechki payt shu stadionda kurash bellashuvlari o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025