Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp London merini omadsiz deb atadi
AQSh prezidenti Donald Tramp London meri Sodiq Xonni omadsiz deb atadi.
"London meri lavozimida barcha yo‘nalishlarda yomon ishlab kelayotgan Sodiq Xon tashrif bilan kelgan Qo‘shma Shtatlar, hech shubhasiz, Birlashgan Qirollikning eng muhim ittifoqchisi prezidentiga nisbatan ahmoqona betakalluflik ko‘rsatdi. U diqqatini menga emas, Londondagi jinoyatchilikka qaratishi kerak bo‘lgan uzoqni ko‘ra olmaydigan omadsizdir", deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.
Shu bilan birga, Tramp London meri Sodiq Xon unga yana bir tanqidchi - Nyu-York meri Bill de Blazioni eslatishini, faqat ularning farqi Xonning bo‘yi pastroq ekanligini aytdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp dushanba kuni rafiqasi Melanya hamrohligida Buyuk Britaniyaga davlat tashrifi bilan keldi. Tashrif 5 iyunga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
18:34 / 11.02.2025
“Deportatsiya noinsoniy ruhda kechyapti, amerikaliklar ham shokda” – Nyu Yorkdagi yurist bilan suhbat
15:23 / 04.02.2025
Trampning yangi bojlaridan hamma, xususan AQShning o‘zi ham yutqazadi - ekspertlar
02:48 / 06.11.2024
Saylov boshlandi, ko‘p ovoz olib ham yutqazish mumkin bo‘lgan saylov
00:26 / 06.11.2024