Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng ko‘p ishdan chiqadigan smartfonlar ma'lum qilindi
Ekspertlar Moskva aholisi ta'mirlash uchun eng ko‘p olib keladigan smartfonlarni ma'lum qilishdi, deb yozadi «Kommersant'».
Ma'lum bo‘lishicha, eng ko‘p ishdan chiqadigan smartfonlar iPhone 6, 5S, 5 va 6S ekan. Apple qurilmalari ta'mirlashga berilgan barcha smartfonlarning uchdan bir qismini tashkil etadi. Keyingi o‘rinda Samsung A5, S3 va A3 modellari (18 foiz) va Xitoyda ishlab chiqarilgan smartfonlar joylashgan (27 foiz). Xitoy smartfonlari orasida eng ko‘p ta'mirlashga beriladiganlari Huawei Nova 2, Honor 8, Xiaomi Redmi Note 4 va Redmi 4X hisoblanadi.
Apple smartfonlari nosozligida eng ko‘p uchraydigan sabab batareyaning ishdan chiqishi (30 foiz holatlarda), Xitoy brendlarida ekran ishdan chiqishi (56 foiz holatlarda), Samsung modellarida esa korpusni ta'mirlashdir (20 foiz holatlarda).

Mavzuga oid
12:22 / 11.11.2024
«O‘zbekiston» metro bekatida harakat tarkibida texnik nosozlik yuz berdi
15:33 / 18.02.2024
Samarqand va Jizzax viloyatlarida elektr tarmoqlarida yuz bergan nosozliklar bartaraf etilgani ma’lum qilindi
10:17 / 13.11.2023
Toshkent metrosida harakat tarkibi texnik nosozlik sabab to‘xtab qoldi
22:03 / 14.07.2023