Sport | 15:20 / 05.06.2019
6757
1 daqiqa o‘qiladi

Infantino FIFA prezidentligiga qayta saylandi

Janni Infantino FIFA prezidentligi lavozimiga qayta saylandi - u 2023 yilga qadar tashkilotni boshqaradi.

49 yoshli shveysariyalik tashkilotning Parijda o‘tkazilgan kongressida yagona nomzod sifatida lavozimni qayta egalladi.

Infantino FIFAni 2016 yil fevralidan buyon boshqarib kelayotgandi, u o‘shanda Yozef Blatterning o‘rnini egallagandi.

Qayd etilishicha, prezident tarixda ilk marta kongress a'zolarining olqishlari ostida saylandi.

Gianni #Infantino rieletto presidente della Fifa fino al 2023 @SkySport pic.twitter.com/gwI7ZPxNBY

— Alessandro Alciato (@AAlciato) June 5, 2019
Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid