Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Xitoy AES qurishga doir shartnoma imzoladi
5 iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpinning Rossiyaga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida Rossiya va Xitoy davlat rahbarlari ishtirokida Moskvada dizayni rossiyalik mutaxassislar tomonidan ishlangan VVER-1200 reaktorlariga ega “Syuydapu” AES 3- va 4-energobloklarini qurishga doir asosiy shartnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Hujjatlar “Rosatom” davlat korporatsiyasining injiniring divizioni va SNNC korporatsiyasi korxonalari (Xitoy Xalq Respublikasi) vakillari tomonidan imzolandi, deya xabar beradi "Rosatom" davlat korporatsiyasi.
“Bugun biz yangi maydonda rossiyalik mutaxassislar tomonidan dizayni ishlangan AES qurish loyihasining amaliy bosqichiga o‘tdik. Tyanvan stansiyasi bo‘yicha avval imzolangan shartnomani inobatga olib, oldimizda 2028 yilgacha xitoylik hamkorlarimiz bilan birgalikda to‘rtta “3+” yangi avlod energobloklarini qurish vazifasi turibdi”, - dedi korporatsiya bosh direktori Aleksey Lixachev.
Avvalroq, 2019 yilning mart oyida, VVER-1200 reaktorlariga ega, dizayni rossiyalik mutaxassislar tomonidan ishlangan “Tyanvan” AES 7- va 8-energobloklarini qurishga doir shartnoma imzolangan edi.
“Syuydapu” AES 3-blokini ishga tushirish - 2027 yilga, 4-bloki ekspluatatsiyasi esa – 2028 yilga mo‘ljallangan. “Tyanvan” AES 7-blokini ishga tushirish - 2026, 8-blokini esa – 2027 yilga rejalashtirilgan.
Shartnomalarni tayyorlash 2018 yil 8 iyun kuni RF prezidenti Vladimir Putinning Xitoyga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida imzolangan bitimlarning strategik paketiga muvofiq amalga oshirildi. Mazkur bitimlar yaqin o‘n yillikda atom energetikasi sohasida Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025