Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAdagi tankerlarga hujumlar minalar yordamida amalga oshirilgan – Reuters
12 may kuni BAAning suv hududlarida hujumga uchragan 4 ta tanker g‘avvoslar yordamida o‘rnatilgan minalar yordamida portlatilgan. Bu haqda BAA, Saudiya Arabistoni va Norvegiya tomonidan bu hujumlarning tergovi natijalariga ko‘ra BMT Xavfsizlik kengashida taqdim qilingan maktubda aytilgan, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.
Maktubda hujum ortida qaysi davlat fuqarolari turgani ko‘rsatilmagan, biroq hujum vaqtida suv ostida kema sirtiga o‘rnatiladigan dengiz minalari qo‘llangani ta'kidlab o‘tilgan. Taxmin qilinishicha, minalarni yaxshi o‘rgatilgan g‘avvoslar o‘rnatgan. Ular kemalar yoniga tezyurar katerlarda borgan.
Uch davlat vakillari hujum o‘zidan yaxshi tashkillashtirilgan operatsiyani aks ettirgani va shu sababli jiddiy tayyorgarlikni talab qilganini ta'kidlab o‘tishgan. “Tergov hali yakunlanmagan, biroq bu faktlar tankerlarga 4 ta hujum katta imkoniyatlarga ega sub'yekt tomonidan amalga oshirilgan mohirona va yaxshi muvofiqlashtirilgan operatsiyaning bir qismi ekanining isboti hisoblanadi. Bu hujumlar davlatga qarashli sub'yekt tomonidan amalga oshirilganining ehtimoli yuqori”, deyilgan maktubda.
BAA tashqi ishlar vazirligi 12 may kuni Al-Fujayra portida 4 ta savdo kemasiga qarshi qo‘poruvchilik amalga oshirilganini ma'lum qilgandi. Keyinroq “Blumberg” agentligi BAA hukumatidagi manbalarga tayanib Saudiya Arabistonining Bahri kompaniyasiga tegishli Amjad va Al Marzoqah tankerlari, Norvegiya bayrog‘i ostida suzuvchi Andrea Victory tankeri va BAAda ro‘yxatga olingan A.Michel kemasi hujumga uchraganini xabar qilgan.
Arab podshohliklari boshqa ko‘plab davlatlar kabi bu xatti-harakatlarni qoralashgan va bunday hujumlar kemachilikka va neft yetkazilishiga xavf solishini ta'kidlab o‘tishgan. Saudiya Arabistoni va AQShda ushbu qo‘poruvchiliklarga Eron aloqador bo‘lishi mumkinligi aytilgan.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025