Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malida 95 kishi qurolli hujum qurboniga aylandi
Malidagi Sobanu qishlog‘iga qurolli hujum sodir etilishi oqibatida 95 kishi halok bo‘lgan, 19 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda MaliJet portali xabar berdi. Politsiya jasadlarni izlashda davom etmoqda.
Voqea 10 iyunga o‘tar kechasi yuz bergan. Hujumga uchragan qishloqda dogon qabilasi vakillari yashagan. Ta'kidlanishicha, jinoyat elatlararo adovat negizida sodir etilgan: dogonlar boshqa bir qabila – fulani vakillari bilan adovatlashib qolishgan.
Malida 2012 yil boshidan hukumat qo‘shinlari va turli guruhlar jangarilari o‘rtasida qurolli ixtilof davom etib keladi. To‘qnashuvlarni bostirib turish uchun Afrikaning ushbu davlatida BMTning tinchlikparvar missiyasi joylashtirilgan. Shu bilan birga mamlakatda terrorchilik xavfi yuqoriligi sababli favqulodda vaziyat tartibi saqlanib keladi.
Mavzuga oid
15:19 / 16.02.2025
Malida noqonuniy oltin shaxtasi qulashi tufayli 48 kishi halok bo‘ldi
12:48 / 04.02.2025
Tojikistondagi koloniyada mahbuslar qochishga urinib, qo‘riqchilarga hujum qildi
11:34 / 01.01.2025
Berlinda pichoqli hujum: ikki kishi yaralandi
17:22 / 25.11.2024