Sport | 20:27 / 10.06.2019
3129
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga ot sportini rivojlantirishning fransuzcha modeli olib kiriladi

Bugun, 10 iyun kuni Milliy Olimpiya qo‘mitasiga Fransiyaning “WeKanCode” kompaniyasining bosh direktori, “SUN Group Global” kompaniyasi vitse-prezidenti Amori du Burbon Parm tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Fransiyalik mehmon Yevropada ot sportini ommalashtirish bo‘yicha shuhrat qozongan marketologlardan biri hisoblanadi.  

O‘z navbatida fransiyalik mehmon ham tashrif bo‘yicha o‘zining qator fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi.

“Ot sportini rivojlantirishning fransuzcha modelini yurtingizga olib kirishni niyat qildim. O‘z mamlakatimda ushbu sport rivoji qanday bosqichlarda olib borilsa, uni O‘zbekistonda ham shunday tatbiq qilamiz. Ushbu tashrifim davomida o‘zim uchun kerakli bo‘lgan dastlabki ma'lumotlarni olaman. Nasib qilsa, sentabr oyida yana kelaman va o‘shanda hamkorlikning aniq dasturlarini belgilab chiqamiz”, – dedi Amori du Burbon Parm.

Mehmon MOQ bosh kotibi Jasur Matchanov bilan suhbat davomida ot sportining Olimpiya o‘yinlariga kirgan yo‘nalishlari, ot poygalari va yilqichilikni rivojlantirish bo‘yicha o‘z maslahatlarini berdi. Shuningdek, sohani birgalikda rivojlantirish bo‘yicha xorijlik qator investorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida fikr va mulohazalar olib borildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid