To‘qayev Qozog‘iston prezidentligi saylovlarida g‘alaba qozondi
Qozog‘istonning amaldagi rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda 9 iyun kuni o‘tkazilgan muddatidan avvalgi prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi.
Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, unga saylovchilarning 70,76 foizi (6,5 milliondan ortiq kishi) ovoz bergan.
Saylovdagi davomat 77,4 foizni tashkil etgan.
Ekzit-pol ma'lumotlariga ko‘ra, To‘qayevning eng yaqin ta'qibchisi — «Ult tagdiri» milliy-vatanparvarlik harakati («Millat taqdiri») rahbari Amirjan Kosanov bo‘ldi — u 15,39 foiz ovoz olgan.
Yakshanba kuni Qozog‘istonda hisob bo‘yicha oltinchi prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatni qariyb 30 yil boshqargan va 20 mart kuni prezidentlik vakolatini topshirgan Nursulton Nazarboyev ilk bor saylovda nomzodini ilgari surmadi. Uning partiyasi - «Nur Otan» prezidentlik uchun To‘qayev nomzodini ko‘rsatdi.
Mavzuga oid
17:43 / 25.11.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida yuzlab yuk mashinalari to‘planib qoldi
12:47 / 22.11.2024
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024