Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda futuristik yo‘lovchi kapsulalari harakatlana boshlaydi (video)

Foto: RTA
Dubayda jamoat transportining yangi yuqori texnologik osma turi paydo bo‘ladi.
Dubay yo‘llar va transport boshqarmasi (RTA) bu borada haydovchisiz yo‘lovchi transport tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan skyTran kompaniyasi bilan hamfikrlik memorandumi imzoladi.

“Bu jamoat transporti tizimlari integratsiyasini yaxshilaydi, bu esa o‘z navbatida iqtisodiy o‘sishni jadallashtiradi, ko‘proq investitsiya jalb qiladi va Dubayda turmush tarzi darajasini yanada oshiradi”, deb aytgan RTA temir yo‘llar agentligi bosh direktori Abdulmuhsin Ibrohim Yunus.
skyTran tizimi avtomobil yo‘llari ustida o‘rtacha 160 km/soat tezlik bilan harakatlanuvchi yo‘lovchi kapsulalaridan iborat bo‘lib, u tezyurarligidan tashqari, zararli chiqindilar, shovqin va tirbandliklar bo‘lmasligini ta'minlaydi. Texnologiya kapsulalarga yuqoridan o‘tkazilgan relslar bo‘ylab harakatlanishga imkon beruvchi magnit ilgaklarni qo‘llashga asoslangan.
Mavzuga oid

00:19 / 28.04.2025
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi

14:36 / 25.04.2025
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin

11:03 / 26.03.2025
Dubayda qiyin ahvolda qolgan ayollar O‘zbekistonga qaytarildi

11:18 / 25.02.2025