Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Albaniya bosh vaziri korteji toshbo‘ron qilindi
Albaniya sharqida namoyishchilar bosh vazir va Sotsialistik partiya yetakchisi Edi Rama kortejiga mamlakatdagi siyosiy inqiroz ortida hujum qilishdi.
Bundan avvalgi kun ommaviy namoyishlar o‘tkazuvchi muxolif Demokratik partiya Sotsialistik partiyaning parlamentda prezident Ilir Metaga munitsipal saylovlar bekor qilingani sababli ishonchni tekshirish tashabbusi tufayli Albaniya davlat to‘ntaruvi yoqasida turganini ma'lum qilgan.
Bosh vazir korteji 13 iyun oqshomda Libraj shahri bo‘ylab harakatlanayotganda uning yo‘lini namoyishchilar to‘sib olgan.
Ma'lum qilinishicha, g‘azab otiga mingan namoyishchilar kortejdagi mashinalarga tosh uloqtira boshlashgan va haydovchi olomondan aylanma yo‘llar bilan qochishiga to‘g‘ri kelgan.
“Albaniya bosh vaziri Edi Rama kortejiga toshlar bilan odamlar hujum qilganda jiddiy muammodan qutulib qoldi. Bosh vazir haydovchisi olomondan aylanma yo‘llar bilan qochishga majbur bo‘lgan”, deb ma'lum qilingan xabarda.
Mavzuga oid
23:06 / 07.05.2025
Albaniya Trampning kuyoviga tegishli kurort qurilishini ma’qulladi
20:52 / 31.01.2025
O‘zbekistonning Albaniyadagi birinchi elchisi tayinlandi
10:21 / 17.01.2025
Bosh vazir boshchiligida moliya institutlari bilan ishlash bo‘yicha favqulodda shtab tashkil qilinadi
21:15 / 22.12.2024