Qalampir eksporti elektr energiya va avtomobillar eksportidan oshib ketdi
2018 yil bahorida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 yanvardagi 62-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 15 ming gektardan ortiq maydonga eksportbop achchiq qalampir ko‘chatlari qadalgandi.
Hozirga kelib qalampir eksporti hajmi keskin oshgani ma'lum bo‘ldi. O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston 51 mln dollarlik qalampir eskport qilgan. Bu qiymat 2018 yilning shu davriga nisbatan 13,4 barobar ko‘proqni tashkil qilgan.
Bundan tashqari, achchiq qalampir eksporti o‘sishda davom etmoqda: joriy yanvar-mart oyida u 25 mln dollarni tashkil qilgandi.
Qalampir eksporti pul hisobida yengil avtomobillar (18,6 mln dollar), qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari (22 mln dollar), ko‘nchilik xomashyosi (26,3 mln dollar) va hattoki elektr energiya (47,2 mln dollar) eskportini ortda qoldirgan, vaholanki mart oyida bir necha million dollarga kamroqni tashkil qilayotgandi.
Mavzuga oid
09:40 / 22.11.2024
Oktyabrda O‘zbekiston 833 mln dollarlik oltin sotdi
13:13 / 19.11.2024
Germaniya O‘zbekistonga 1 mlrd yevrodan ortiq qiymatda mahsulotlar eksport qildi
15:20 / 14.11.2024
O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar Britaniya bozoriga eksport qilinadi
12:50 / 04.11.2024