Fotoreportaj: Senat XX yalpi majlisi suratlarda
2019 yil 21 iyunda Oliy Majlis Senatining navbatdagi XX yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda respublika va xorijiy OAV vakillari qatorida Kun.uz vakillari ham ishtirok etdi hamda majlisda muhokama qilingan va ma'qullangan hujjatlar haqida tezkorlik bilan o‘quvchilariga axborot berib turdi.
Senat yalpi majlisining birinchi qismida davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev senatorlar oldida nutq so‘zladi. Tanaffusdan so‘ng, “Turizm to‘g‘risida”, “Shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”, “Qurol to‘g‘risida”gi qonunlarni muhokama qilib, ma'qullashdi. Bundan tashqari, “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga va O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlarni ko‘rib chiqishdi.
Bulardan tashqari, “Xalqaro mehnat tashkilotining 1930 yildagi Majburiy mehnat to‘g‘risidagi 29-sonli Konvensiyasiga Bayonnomani (Jyeneva, 2014 yil 11 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqishdi.
Shundan keyin senatorlar tomonidan Navoiy viloyatining Navoiy shahri va Karmana tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi va ma'qullandi.
Umuman olganda, Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida 18 ta masala, shu jumladan 7 ta qonun ko‘rib chiqildi. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan Senatning tegishli qarorlari qabul qilindi.
Shuning bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi.
Quyida Senatning 20-yalpi majlisi chog‘ida olingan fotosuratlar jamlanmasi bilan tanishishingiz mumkin.
Mavzuga oid
15:48 / 20.11.2024
Senat qo‘mitalariga raislar saylandi
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
12:40 / 19.11.2024
2025 yilda tuman va shaharlar budjetlari 1,5 barobarga oshadi
12:27 / 19.11.2024