Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri Lankada favqulodda holat rejimi yana bir oyga cho‘zildi
Shri Lanka prezidenti Maytripala Sirisena 21 aprel kuni mamlakatda yuz bergan va 250 dan ziyod insonning yostig‘ini quritgan ketma-ket teraktlardan so‘ng joriy etilgan favqulodda holat rejimini yana bir oyga cho‘zdi. Bu haqda mahalliy Ada Derana nashri rasmiy hujjatga asoslanib xabar bermoqda.
Prezident devonxonasi davlat rahbari tomonidan imzolangan deklaratsiyani tarqatgan. Hujjat bugundan kuchga kirgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 21 aprel kuni katolik pasxasi o‘tayotgan chog‘da Shri Lankadagi otellar va cherkovlarda sakkizta portlash yuz bergan va kamida 250 kishi qurbon bo‘lgan. Yana 500 dan ziyod kishi jabrlangan. Shundan so‘ng hukumat ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklab qo‘ygan edi.
Keyinroq huquq-tartibot organlari orol-davlatda uyushtirilgan terakt tashkilotchiligida gumon qilinganlarning barchasi ushlangan yoki yo‘q qilingani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
15:08 / 11.05.2025
Shri-Lankada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
18:35 / 09.05.2025
Shri-Lankada vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025