Ombudsman Gulnora Karimova bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) qonunchilik vakolatlarini amaliy jihatdan tatbiq qilish doirasida hibsda saqlanayotgan va jazoni o‘tayotgan shaxslarning shart-sharoitini o‘rganish, shuningdek, ular bilan muloqot olib borish tartibida joriy yilda Farg‘ona, Namangan, Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida joylashgan 11ta tegishli muassasaning faoliyati Ombudsman Ulug‘bek Muhamadiyev tomonidan o‘rganildi.
«Bu davrda jazoni ijro etish va hibsda saqlash muassasalarida bo‘lib turgan shaxslardan 582ta murojaat kelib tushgan», deb yozadi Ombudsmanning rasmiy sayti.
Joriy yilning iyun oyida Ombudsman boshchilik monitoring guruhi Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan №21-sonli ayollar uchun umumiy tartibli koloniyaga tashrif buyurdi. Guruh tarkibida Ombudsmanning sog‘liqni saqlash sohasidagi eksperti ham ishtirok etdi. 2017 yildan buyon mazkur koloniyada bo‘lib turgan mahkumalardan Ombudsman nomiga 203ta murojaat kelib tushgan.
Tadbir davomida turar joylarning jihozlanganligi, sanitariya-gigiyena talablari, mahkumalarning ovqatlanish, mehnat qilish, ma'naviy-ma'rifiy ishlar va ularga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish qonunchilikka nechog‘lik mos kelishi o‘rganildi.
Ombudsman tomonidan 700dan ziyod sudlangan ayollar bilan jamoaviy uchrashuvlar o‘tkazilgan. Ularga sudlanganlarning huquq va erkinliklarini ta'minlash bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan choralar yetkazildi, bu jarayonlarda Ombudsman institutining roli tushuntirildi. Kelib tushgan murojaatlarga ko‘ra, Ombudsman tomonidan 87 nafar ayol shaxsan qabul qilingan. Murojaatlar asosan mahkumalarning oila a'zolari huquqlarini ta'minlash, qarindoshlari bilan aloqa o‘rnatilishida yordam ko‘rsatish, shuningdek mulk va moddiy huquqlarga doir masalalarda bo‘lgan.
Ombudsmanning muassasaga tashrifi davomida u shu muassasada bo‘lib turgan Gulnora Karimova bilan ham uchrashgan. Suhbat davomida Gulnora Karimova muassasaning tibbiy shaxsiy tarkibiga o‘z vaqtida ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam va e'tibor uchun minnatdorchilik bildirgan.
«O‘rganish jarayonida muassasada Gulnora Karimovani tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun kardiologiya, nevrologiya, gastroenerologiya, endokrinologiya va ginekologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislar jalb qilingani qayd etilgan. Ayrim maxsus ko‘riklar IIVning markaziy gospitalida o‘tkazilgan. Vrachlar ko‘rsatmasiga asosan u tizimli ravishda zarur tibbiy preparatlarni olib turibdi. Bugungi kunda Gulnora Karimovaning umumiy holati qoniqarli, u sog‘lom ovqatlanish ratsionini qabul qilmoqda», — deyiladi Ombudsman hisobotida.
Mavzuga oid
10:20 / 30.10.2024
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
10:04 / 27.08.2024
Zangiotada harakatlanib ketayotgan Damas yonib ketdi
14:32 / 25.07.2024
«Zangiota-2» o‘rnida Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi
07:50 / 23.07.2024