O‘zbekiston | 10:40 / 24.06.2019
31668
2 daqiqa o‘qiladi

Neftgaz sohasining ikki yirik tashkilotiga yangi rahbarlar tayinlandi

«O‘zneftgazquduqta'mirlash» aksionerlik jamiyati va «Muborakneftgaz» MChJda rahbarlar o‘zgardi.

«O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati xabar berishicha, «O‘zneftgazquduqta'mirlash» AJ direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga Abdulla Shermatovich Normatov tayinlandi. 

U bu lavozimda Imom Zokirovich Magomedov o‘rnini egalladi.

Abdulla Normatov

Abdulla Normatov bungacha «G‘issorneftgaz» O‘zbekiston-Shveytsariya qo‘shma korxonasi bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

«Muborakneftgaz» MChJning bosh direktori lavozimiga  Bekzod Boboqulovich Narziyev tayinlandi.

U bu lavozimda ko‘p yillardan buyon ishlab kelgan Qahramon Hamroqulovich Qurbonov o‘rnida ish boshladi.

Bekzod Narziyev

Bekzod Narziyev bungacha «Jarqo‘rg‘onneft» AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.

Shuningdek, Jizzax viloyati bo‘yicha gaz ta'minoti hududiy filialining besh nafar xodimi o‘z faoliyatlaridagi huquqbuzarlik va kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimlaridan ozod etilgan. 

Mavzuga oid