Jahon | 15:40 / 26.06.2019
3883
2 daqiqa o‘qiladi

Karlos Gonning kirdikorlari tufayli Nissan’ga 22 mln dollar jarima solishmoqchi

Foto: Global Look Press/jn1/ZUMAPRESS.com

Yaponiya fond bozoridagi kelishuvlar bo‘yicha nazorat komissiyasi Nissan sobiq rahbari Karlos Gon moliyaviy firibgarliklarni amalga oshirgani uchun kompaniyaga jarima solish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Kyodo agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, jarima miqdori 2,4 mlrd iyen (22,4 mln dollar) bo‘lishi mumkin. Bu masala bo‘yicha yakuniy qarorni Yaponiya moliya vazirligi qabul qiladi.

Karlos Gon o‘tgan yil noyabrida hibsga olingandi. Unga 11 yanvarda moliyaviy bitimlar haqidagi qonunni buzish va xizmat mavqeini suiiste'mol qilish bo‘yicha ayblovlar bildirilgan. 

Mart oyi boshida Gonning yangi advokati uning garov puli va Yaponiyani tark etmaslik haqidagi tilxati evaziga ozod qilinishiga erishgan. Ammo ozodlikka chiqarilgandan bir oydan kamroq vaqtdan keyin yana panjara ortiga jo‘natildi.

Gonning navbatdagi hibsga olinishiga u tomonidan 2012 yildan ummonlik distribyutorga to‘lovlarning bir qismining o‘zlashtirilishi sabab bo‘lgan. Prokurorlar Gonni 563 mln iyenga (5 mln dollar) yaqin pulni o‘zlashtirganlikda gumon qilishmoqda. 

Mavzuga oid