Sport | 16:45 / 29.06.2019
5455
1 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Yunayted» yosh himoyachi bilan shartnoma imzoladi

Foto: Manchester United F.C.

«Kristal Pelas» himoyachisi Aaron Uan-Bissaka «Manchester Yunayted»ga o‘tdi.

21 yoshli futbolchi yangi klubi bilan haftasiga 80-90 ming funt maoshni ko‘zda tutuvchi 5 yillik shartnomani imzoladi. Uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham bor. 

Bitimning moliyaviy tomonlari e'lon qilinmadi, ammo avvalroq uning transferi 50 million funtga tengligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Uan-Bissaka 2018 yil fevral oyida «Kristal Pelas» tarkibida debyut qilgan edi. O‘tgan mavsumda u APL doirasida 35ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta golga hammualliflik qilgan

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid