Sport | 09:20 / 30.06.2019
9250
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: «MYu»ning yangi mavsumdagi uchinchi libosida atirgul tasviri bo‘ladi

Footy Headlines «Manchester Yunayted»ning 2019/20 mavsumi uchun uchinchi libosi suratini e'lon qildi.

Futbolka qora rangda bo‘lib, unga kulrang atirgul tasvirlari tushirilgan. «MYu» va adidas logotiplari yorqin apelsin rangida.

Futbolkaning quyi qismida: «110 Years – Manchester_Rose – 1909_2019» yozuvi tushirilgan.

Bu so‘zlar «qizil iblislar»ning Angliya kubogidagi ilk g‘alabasiga ishora qiladi. 1909 yilda mankunianliklar kubok finalidagi «Bristol Siti»ga qarshi o‘yinga ko‘krak qismida Lankaster qizil atirguli tasvirlangan oq futbolkada maydonga tushishgan edi.

Ma'lumot uchun, Lankaster qizil atirguli Manchester shahri ramzlaridan biri sanaladi. XV asrda bo‘lib o‘tgan Qizil va oq atirgullar urushida lankashirliklar va lankasterliklar qizil atirgulni o‘zlariga ramz qilib olishgan edi. 

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid