Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bozorlarda «arava xizmati»ni tartibga solish taklif qilinmoqda
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida bozorlarda “arava xizmati”ni tartibga solish haqida petitsiya e'lon qilindi.
“Bugungi kunda bozorlarimizda yo‘q narsaning o‘zi yo‘q. Ayniqsa, yoz mavsumida bozorlarimiz yanada to‘lib, barakali bo‘ladi. Mana shunday manzarani buzadigan bir holat borki, uni albatta tartibga solish lozim. Bu bozorlardagi arava xizmatlaridir”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Qayd etilishicha, aravalarning tartibsiz harakati natijasida turli noqulayliklar va ko‘ngilsiz holatlar yuzaga kelishi tabiiy. Bunday holatlarni ko‘rgan turistlarning ham bozorlar haqidagi fikrlari salbiy tarafga o‘zgarishi mumkin ekani aytiladi.
Bundan tashqari, arava xizmati uchun to‘lovlarning aniq belgilanmaganligi ham xaridorlarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Qaysidir aravaning bir soatlik xizmati uchun o‘n ming bersangiz, boshqasi xuddi shu xizmat uchun yigirma, hattoki, o‘ttiz ming so‘mgacha haq so‘raydi.
“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, barcha bozorlardagi arava xizmatini tartibga solish va ularning xizmati uchun “foydalanilgan vaqt doirasida yagona to‘lov stavkalari”ni joriy etishni taklif qilamiz”, - deyiladi petitsiyada.
Mavzuga oid
14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi
16:47 / 24.01.2025
Toshkent propiskasi tarixga aylanadi: fuqarolar turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda onlayn murojaat qilish imkoni yaratilmoqda
10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
17:55 / 28.08.2024