Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzAuto Motors kompaniyasi General Motors standarti bo‘yicha ishlaydi
GM Uzbekistan kompaniyasi nomi UzAuto Motors deya o‘zgartirilgani bilan, bu General Motors kompaniyasining O‘zbekistonni butunlay tark etganini anglatmaydi. Bu haqda UzSangvu, Avtooyna, Uz-Chasys, Uz-Koji, UzDongVon hamda UzAuto Motors zavodiga uyushtirilgan press-tur chog‘ida kompaniya vakili ma'lum qilgan.
Kun.uz muxbirining kompaniya vakilining press-tur mobaynida aytgan so‘zlaridan iqtibos keltirishicha, UzAuto Motors kompaniyasida ishlar General Motors kompaniyasi standarti bo‘yicha davom ettirilaveradi. Ya'ni, bundan ichki bozorga avtomobillar Chevrolet brendi bilan ishlab chiqarilishda davom ettirilishini anglash mumkin.
Shuningdek, Ravon brendi ham o‘zgartirilmasligi, xorijiy davlatlarga UzAuto Motors’da ishlab chiqariladigan avtomobillar Ravon brendi ostida eksport qilinishi davom etishi ta'kidlab o‘tilgan. Shuningdek, kompaniyada yangi brendlar ustida ish olib borilmoqda, ular haqida yaqin kunlarda e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
18:43 / 23.05.2025
UzAuto Motors «Cobalt Midnight»ning qimmat narxda sotilayotganini rad etdi
16:09 / 15.05.2025
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”
21:47 / 28.04.2025
Malibu-2 avtomobillari O‘zbekistonga Xitoydan yuborilmoqda - UzAuto Motors
11:55 / 26.04.2025