Jahon | 22:59 / 07.07.2019
14160
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada tennis to‘pidek keladigan do‘l yog‘di

Fransiyaning Overn-Rona-Alp hududida 6 iyul kuni momaqaldiroq vaqtida tennis to‘pidek keladigan do‘l yog‘di. Tabiat hodisasining videosi internet-foydalanuvchilari tomonidan internetga joylashtirilgan.

Video Luareda olingan bo‘lib, unda xususiy uyning do‘l urilishi oqibatida suvi ko‘pirib ketayotgan suv havzasi tasvirlangan. Bundan tashqari, Keraunos meteorologik xizmati 6 iyul qayd qilingan chaqmoqlar soni bo‘yicha joriy yildagi rekord kun bo‘lganligini ma'lum qilgan. Shu kuni 73,7 mingta chaqmoq qayd qilingan.

Hodisa oqibatida jabrlanuvchilar borligi ma'lum qilinmagan. Ayni vaqtda Fransiyada momaqaldiroqlar to‘xtab, trevoga bekor qilingan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid