Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy gvardiya hafta qahramonlarini e'lon qildi
Xizmat burchini bajarish vaqtida fidoyilik ko‘rsatgan, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlashdek mas'uliyatli vazifalarni vijdonan bajargan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi Dadaxon Xo‘jayev, Harbiy-texnik instituti kursantlari Javohir Hasanov va Suhrobjon Elmurodov Milliy gvardiya tomonidan hafta qahramonlari deb e'lon qilindi.
D.Xo‘jayev Buxoro viloyati Kogon tumanidagi «Bibi Orifa» masjidi hovlisida joylashgan hovuzga oyog‘i sirpanib tushib ketib, cho‘kayotgan bolani qutqarib qolgan.
J.Hasanov va S.Elmurodov o‘z xizmat vaqtida Toshkent shahar, Olmazor tumani hududida joylashgan «Shabboda» kafesida kelib chiqqan yong‘in oqibatida olov ichida qolib ketib, hushini yo‘qotgan homilador ayol va 3 nafar fuqaroning hayotini saqlab qolgan.
Xizmatdoshlariga namuna ko‘rsatgan qahramonlar Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan munosib rag‘batlantirildilar, deyiladi Milliy gvardiya xabarida.
Mavzuga oid
09:54 / 06.03.2025
Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
17:11 / 07.02.2025
Milliy gvardiyaga ma’muriy jazo chorasini qo‘llash vakolati berildi
12:29 / 25.01.2025
Milliy gvardiyaga o‘quvchilar bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilmoqda
15:58 / 21.01.2025