Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston va Xitoy keng ko‘lamli harbiy mashqlar o‘tkazadi
Tojikiston va Xitoy qurolli kuchlari qo‘shma mashqlari Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida o‘tkaziladi. Bu haqda «Avesta» Tojikiston Mudofaa vazirligi matbuot markazi rahbari Orif Nozimiyonga asosan xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat qurolli kuchlari bo‘linmalarining Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida qo‘shma mashqlari o‘tkazilishi joriy yil iyul oyi oxiriga rejalashtirilgan. «Bu Tojikiston-Xitoy birinchi to‘laqonli qo‘shma mashqlari bo‘ladi», - dedi Orif Nozimiyon.
«Mashqlar Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati garnizonida o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlarda Tojikistondan harbiy-havo kuchlari, havo hujumidan mudofaa kuchlari va quruqlikdagi qo‘shinlar ishtirok etadi. Shuningdek, mamlakat kuch bloki bo‘linmalari hamda Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati harbiy garnizoni shaxsiy tarkibining qatnashishi kutilyapti», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Tojikiston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi.
Orif Nozimiyonning xabar berishicha, mashqlarda chegaradagi harakatlar muvofiqlashtiriladi va terrorizmga qarshi kurashga alohida e'tibor qaratiladi.
Bundan oldin, O‘zbekiston va Tojikiston harbiy mashqlar o‘tkazishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025