Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda neft va gaz necha yilga yetadi?
O‘zbekistonning hozirda tasdiqlangan uglevodorodlar zaxiralari 20-30 yilga yetadi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi Bahodir Sidiqov xabar berdi.
“Geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha juda katta, istiqbolli yo‘nalishlar mavjud. Biroq, hozirda tasdiqlangan zaxira 20-30 yilga yetadi», - dedi Sidiqov jurnalistlarga.
Uning ta'kidlashicha, kompaniya har yili zaxiralar hajmi o‘sishi qazib olishga qaraganda ko‘proq bo‘lishi ustida ish olib bormoqda.
«Bu bizga 20-30 yil davomida oldinga harakat qilish imkonini beradi. Har bir davrda yaqin 20 yil uchun gaz bilan ta'minlash bo‘yicha rejamiz bo‘ladi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, tabiiy gazning tasdiqlangan zaxiralari 2008-2018 yillarda 4 foizga qisqargan, tabiiy gaz zaxiralari o‘rnini bosishning o‘rtacha ko‘rsatkichi o‘tgan 5 yilda taxminan 70 foizni tashkil etdi.
Moliya mablag‘larining yetarli emasligi va moddiy-texnik resurslar taqchilligi natijasida 2017-2018 yillarda tabiiy gaz qazib olishning o‘sishi prognoz ko‘rsatkichlaridan bor-yo‘g‘i 42 foizga ta'minlangan.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025