Jahon | 16:04 / 13.07.2019
23584
6 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng yaxshi «Oltin asr» universitetlari

Foto: Robyn Beck /Agence France-Presse/Getty Images

Jahon iqtisodiy forumi dunyodagi eng yaxshi «Oltin asr» universitetlari nomini ma'lum qildi.

Ular ilmiy doiralardagi bebi-bumerlar – Ikkinchi jahon urushidan keyin ko‘plab mamlakatlarda oliy ta'limning tezkor kengayishi davrida paydo bo‘lgan universitetlardir.

Times Higher Education 1945 va 1967 yillar orasida asos solingan, yoshi 50 dan 80 gacha bo‘lgan «Oltin asr» universitetlarini baholash uchun universitetlarning jahon reytingini belgilashda qo‘llaniladigan metodologiyadan foydalandi.

«Oltin asr»ning 271 ta universiteti bo‘lib, AQSh, Buyuk Britaniya va Hindiston mazkur jadvaldan keng o‘rin olgan, biroq Yaponiya o‘zining 46 ta oliy o‘quv yurti bilan jadvaldagi eng e'tiborli mamlakat sanaladi.

Avstraliya dastlabki o‘ntalikda uch o‘rinni egallagan bo‘lsa, AQShning ikki universiteti bor, Xitoy, Germaniya, Hongkong, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniya davlatlarining har biri o‘zining bittadan universiteti bilan dastlabki o‘ntalikdan joy olgan.

«Oltin asr» universitetlarining dastlabki o‘ntaligi

Oltin asr 2019 yil reytingi

Oltin asr 2018 yil reytingi

Jahon universitet reytingi 2019

Institut

Mamlakat/mintaqa

1

1

30

Kaliforniya universiteti,  San Diyego

AQSh

2

2

49

Avstraliya Milliy universiteti

Avstraliya

3

3

53

Hongkong Xitoy universiteti

Hongkong

4

4

63

Seul Milliy universiteti

Janubiy Koreya

5

8

=79

Uorvik universiteti

Birlashgan Qirollik

6

5

=84

Monash universiteti

Avstraliya

7

13

=93

Xitoy Ilm-fan va texnologiya universiteti

Xitoy

=8

9

=96

Kaliforniya universiteti, Irvin

AQSh

=8

6

=96

Yangi G‘arbiy Uels universiteti

Avstraliya

10

7

104

Berlin Erkin universiteti

Germaniya

  10. Berlin Erkin universiteti, Germaniya

Ikkinchi jahon urushidan keyin Berlin g‘olib bo‘lgan ittifoqchilar tomonidan nazorat qilinuvchi hududlarga ajraldi. Berlindagi Unter-den-Linden universiteti sovet hududiga to‘g‘ri keldi. Berlin Erkin universitetiga 1948 yilda G‘arbiy Berlindagi muqobil variant sifatida asos solingan. Unda 32 ming nafardan ortiq talaba, 5 ming nafarga yaqin o‘qituvchi bor hamda 150 dan ortiq dastur taklif etiladi.

=8. Yangi G‘arbiy Uels universiteti, Avstraliya

Yangi G‘arbiy Uels universiteti 1949 yilda paydo bo‘lgan va 52 ming nafarga yaqin talabaga ega. Ulardan 13 ming nafarga yaqini 130 dan ortiq mamlakatdan kelgan talabalar sanaladi. Universitet o‘zini fotoelektr texnologiyalari, OIV/OITS va kvant hisob-kitoblar sohalarida jahon yetakchisi deb hisoblaydi va 4300 nafar ilmiy xodimga ega.

=8. Kaliforniya universiteti, Irvin, AQSh

Irvin Kaliforniya universitetiga kiradigan 10 ta muassasadan biri. Unga Los-Anjyelesdan janubdagi Oranj okrugida asos solingan. Universitetda 30 ming nafarga yaqin talaba tahsil oladi va uning kutubxonasida 3,6 mln dona kitob bor.

7. Xitoy Ilm-fan va texnologiya universiteti, Xitoy

Xitoy Ilm-fan va texnologiya universitetiga 1958 yilda, Xitoyning ilm-fan va texnika sohalaridagi dunyo miqyosidagi yuqori malakali ish kuchiga tobora o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirish uchun asos solingan. Dastlab u Pekinda joylashgan, biroq 1970 yilda madaniy inqilob vaqtida Xefeyga ko‘chib o‘tdi.

Uning 15 ta maktabida 15 ming nafarga yaqin talabaga ilm-fan, hayot haqidagi fanlar, dasturiy ta'minot hamda elektrooptik texnologiyani ishlab chiqish, shuningdek, boshqa ilmiy va texnik fanlardan 3,5 ming nafar o‘qituvchi ta'lim beradi.

6. Monash universiteti, Avstraliya

Monashda 170 dan ortiq mamlakatdan kelgan 77 ming nafardan ortiq talaba ta'lim oladi. Bu esa uni Avstraliyanig yirik universitetlaridan biriga aylantiradi. 1958 yilda Melburnda tashkil etilgan universitet bugunga kelib Xitoy, Hindiston va Malayziyada o‘z kampuslariga ega.

5. Uorvik universiteti, Birlashgan Qirollik

Koventri shahriga yaqin joylashgan Uorvik universitetida 26 ming 500 nafarga yaqin talaba va qariyb 2,5 ming nafar o‘qituvchi bor.

Unga 1965 yilda asos solingan. U 29 ta fakultet va 50 dan ortiq ilmiy-tadqiqot markazi va institutlardan iborat.

4. Seul Milliy universiteti, Janubiy Koreya

Seul milliy universiteti 1946 yilda, Koreya Yaponiyadan mustaqillikka erishganidan keyin paydo bo‘lgan.

Bugun unda 16 ming 500 nafarga yaqin talaba, 11 ming 600 nafar aspirant va 2 609 nafar shtatdagi o‘qituvchi hamda 83 ta kafedrali 15 ta kollej mavjud.

3. Hongkong Xitoy universiteti, Hongkong

Hongkong Xitoy universiteti to‘qqizta alohida kollejlarni boshqaradi va 1963 yilda an'analarni zamonaviylik bilan birlashtirish maqsadida tashkil etilgan.

20 ming nafarga yaqin talaba tibbiy va salomatlik bilan bog‘liq fanlar o‘qitiladigan universitetga qatnaydi. Universitet shuningdek, xitoy tili, madaniyat va iqtisodiyot fanlari o‘qitilishi bilan ham faxrlanadi.

2. Avstraliya Milliy universiteti

Avstraliya Milliy universiteti 1946 yildagina milliy universitetga aylanganiga qaraymay, bir necha qadimiy va kichik muassasalarni birlashtirdi. Ularning ko‘pchiligi ixtisoslashgan astronomiya bilan shug‘ullanadi.

Unda 25 ming 500 nafar talaba tahsil oladi, ulardan yarmi – aspirantlar.

1. Kaliforniya universiteti, San Diyego, AQSh

1960 yilda San-Diyegoda asos solingan Kaliforniya univeritetida 2,5 ming nafardan ortiq o‘qituvchi 38 ming nafardan ortiq talabaga ta'lim beradi. Universitet dunyodagi yirik geologik va dengiz ilmiy instituti Skripps Okeanografiya institutining uyi sanaladi. 

Mavzuga oid