Ozarboyjonda 500 yillik chinor shoxi odamlar ustiga tushdi
Ozarboyjonning Shaki shahrida Shakiy xonlari saroyi yonida o‘suvchi 500 yillik chinorning shoxi odamlar ustiga tushishi oqibatida 19 kishi jabrlandi. Bu haqda Ozarboyjon sog‘liqni saqlash vazirligida ma'lum qilindi.
Jabrlanuvchilar orasida 2 nafar rossiyalik va 5 nafar suriyalik bo‘lgan. 4 kishi og‘ir ahvolda.
Daraxt shoxi kuchli shamol oqibatida sinib, saroy hududi bo‘ylab aylanib yurgan odamlar ustiga tushgan. Ta'kidlanishicha, singan shoxning diametri 50 santimetrni tashkil qilgan.
Voqea joyiga mamlakat bosh prokuraturasi, ekologiya, favqulodda vaziyatlar va madaniyat vazirliklari xodimlari chiqishgan. Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.
Shaki shahrining tarixiy qismi va saroy YuNeSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Mavzuga oid
09:50 / 20.09.2024
Toshkentda O‘zbekiston-Ozarboyjon maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
22:04 / 03.09.2024
Ozarboyjon va O‘zbekiston parom ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
07:42 / 02.09.2024
Ozarboyjondagi parlament saylovlarida Aliyevning partiyasi g‘alaba qozondi
18:55 / 30.08.2024