Jahon | 08:42 / 15.07.2019
9018
8 daqiqa o‘qiladi

Mehnat sharoitlarining yaxshi emasligi – dunyodagi bandlikning asosiy muammosi

Foto: Wayne S. Grazio / Flickr

Dunyoda ishsizlik ko‘rsatkichining qisqarishi borasidagi olg‘a siljish ish sifatining yaxshilanishi bilan kechmaydi, deyiladi Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning “Bandlik va ijtimoiy soha istiqbollari: 2019 yil tendensiyalari” ma'ruzasida.

Bandlik sifatining pastligi global mehnat tashkilotlarining asosiy muammosi hisoblanadi, chunki Xalqaro mehnat tashkilotining (ILO) yangi hisobotiga ko‘ra, millionlab odamlar nomunosib mehnat sharoitlariga rozi bo‘lishga majbur.

Yangi ma'ruza - “Bandlik va ijtimoiy soha istiqbollari: 2019 yil tendensiyalari” uchun to‘plangan ma'lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2018 yilda butun dunyoda ishlaydigan 3,3 milliard kishidan ko‘pchilik iqtisodiy xavfsizlik, moddiy farovonlik va imkoniyatlar tengligiga yetarli darajada ega bo‘lmagan. Bundan tashqari, butun dunyodagi ishsizlikning qisqarishi ish sifatining yaxshilanishida aks etmayapti.

XMT tomonidan e'lon qilingan ma'ruzada munosib mehnatda bir qator jiddiy kamchiliklar saqlanib qolayotgani yodga olinadi va joriy sur'atlarda Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM), ayniqsa 8 BRMda bayon qilingan barcha uchun munosib mehnatga erishish ko‘p mamlakatlar uchun noreal bo‘lib ko‘rinadi.

“8 BRM – nafaqat to‘liq bandlik, balki ushbu bandlikning sifati hamdir”, - dedi Debora Grinfild, Siyosat bo‘yicha XMT bosh direktorining o‘rinbosari. “Tenglik va munosib mehnat barqaror rivojlanish asosidagi ikkita ustun sanaladi”.

Hisobotda yangi texnologiyalar tufayli amalga oshirilgan ayrim biznes modellar mehnat bozorining bandlikdagi rasmiyatchilik va xavfsizlik, ijtimoiy himoya va mehnat standartlari kabi sohalarida mavjud yutuqlarga putur yetkazishi haqida ogohlantiriladi.

Ishga joylashish har doim ham munosib hayotni kafolatlamaydi, - dedi XMT Tadqiqotlar bo‘yicha direktor, Damian Grimshou,. “Masalan, 700 million kishi band bo‘lishlariga qaramay, o‘ta yoki mo‘'tadil qashshoqlik sharoitida yashamoqda.

Yuqorida qayd etilgan muammolar orasida ish kuchida ishtirok etishda gender tengligi tafovutini bartaraf etish borasida olg‘a siljish yo‘q. Ayollarning faqat 48 foizigina ish bilan band. Ayollar ham salohiyatli, biroq yetarli darajada foydalanilmayotgan ishchi kuchining katta qismini tashkil etadi. Yana bir muammo norasmiy bandlik saqlanib qolayotganidadir. 2 milliard ishchi, yoki dunyodagi ish kuchining 61 foizi norasmiy band deya tasniflangan. 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning har besh nafaridan bir nafaridan ortig‘i ish, ma'lumot yoki professional tayyorgarlikka ega emasligi ham xavotir tug‘diradi. Chunki bu holat ularning kelajakda ishga joylashish istiqbolini xavf ostiga qo‘yadi.

Yillik hisobotda ayrim muvaffaqiyatlar ham yoritilgan. Agar jahon iqtisodiyoti katta inqirozni chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘lsa, ko‘plab mamlakatlarda ishsizlikning yanada kamayishi prognoz qilingan. So‘nggi 30 yil ichida o‘rta daromadli mamlakatlarda ishlayotganlarning qashshoqligi sezilarli darajada kamaydi. Ta'lim va professional tayyorgarlikka ega bo‘layotganlarning soni esa ortdi.

Mintaqalar bo‘yicha asosiy xulosalar:

Afrika

Mintaqa mehnatga layoqatli aholisining 4,5 foizigina ishsiz hisoblanadi, 60 foizi esa ish bilan band. Biroq yaxshi ishlayotgan mehnat bozori o‘rniga bu holat ko‘pchilik ishchilarda xavfsizlik, munosib maosh va ijtimoiy himoyaga ega bo‘lmagan past sifatli ishga kirishdan o‘zga tanlov mavjud emasligi bilan bog‘liq.

Prognozlarga ko‘ra, ish kuchi yiliga 14 milliondan ortiq ko‘rsatkichga ko‘payadi. 2020 yilgacha iqtisodiy o‘sish sur'atlari tez o‘sayotgan ishchi kuchi uchun yetarli darajada sifatli ish o‘rinlarini yaratish uchun juda past bo‘ladi.

Shimoliy Amerika

Ishsizlik darajasi 2019 yilda eng past ko‘rsatkich – 4,1 foizga yetishi kutilmoqda.

Bandlikning o‘sishi va iqtisodiy faollik 2020 yilda pasayishi prognoz qilinmoqda.

Tayanch ma'lumotga ega kishilar oliy ma'lumotlilarga qaraganda ikki marta ko‘proq ishsizga aylanadilar.

Submintaqa raqamli ish platformalari sohasida yetakchi sanaladi. Bunday ishning sinchkovlik bilan olib boriladigan monitoringi siyosatchilar uchun avj olayotgan muammo hisoblanadi.

Lotin Amerikasi va Karib dengizi davlatlari

Iqtisodiy o‘sishning tiklanishiga qaramay, bandlik 2019 va 2020 yillarda 1,4 foizgagina o‘sishi kutilmoqda.

Mintaqadagi ishsizlik ko‘rsatkichining nisbatan sekin pasayishi turli mamlakatlar mehnat bozoridagi xilma-xil sharoitlarning natijasi sanaladi.

Norasmiylik va past sifatli ish bandlikning barcha turlarida mavjudligicha qoladi.

Arab davlatlari

Mintaqadagi ishsizlik 2020 yilga qadar 7,3 foiz ko‘rsatkichida barqaror qolishi prognoz qilinmoqda. Ishsizlik Ko‘rfaz mamlakatlari hamkorligi Kengashiga kirmagan mamlakatlarda ushbu Kengashga kirganlarga qaraganda ikki marta ko‘p. Mehnat qilayotgan migrantlar mintaqadagi jami bandlikning 41 foizini tashkil etadi. Ko‘rfaz mamlakatlari hamkorligi Kengashi mamlakatlarida esa jami mehnat qilayotganlarning o‘rtacha yarmidan ko‘pi migrantlar hisoblanadi. Ayollar o‘rtasidagi ishsizlik ko‘rsatkichi 15,6 foiz. U erkaklar ishsizligi ko‘rsatkichiga qaraganda uch marta ko‘proq. Yoshlar ham ishsizlikdan aziyat chekmoqda. Yoshlar o‘rtasidagi ishsizlik katta yoshdagi aholi ishsizligiga qaraganda to‘rt marta yuqori.

Osiyo va Tinch okeani

Avvalgi yillarga qaraganda sekin sur'atlarda bo‘lsa-da, iqtisodiy o‘sish davom etadi.

Prognozlarga ko‘ra, mintaqadagi ishsizlik 2020 yilgacha 3,6 foiz darajasida qoladi, bu esa jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan past.

Transformatsiya ishchilarni qishloq xo‘jaligidan chiqarib oldi, biroq bu ish sifati sezilarli darajada yaxshilanishiga olib kelmadi; ishchilarning katta qismi ish kafolati, yozma shartnoma va daromadlarning barqarorligiga ega emas.

Ayrim mamlakatlarda ijtimoiy himoya sezilarli darajada kengaytirilganiga qaramay, qashshoqlik darajasi eng baland mamlakatlarda u juda past ko‘rsatkichda qolmoqda.

Yevropa va Markaziy Osiyo

Shimoliy, Janubiy va G‘arbiy Yevropada ishsizlik so‘nggi o‘n yil ichida eng past ko‘rsatkichda va 2020 yilgacha pasayishda davom etadi. Sharqiy Yevropada band kishilar soni 2019 va 2020 yillarda 0,7 foizga qisqarishi kutilmoqda. Biroq ish kuchining qisqarishi bir vaqtning o‘zida ishsizlik ko‘rsatkichining pasayishini ham anglatadi. Ayrim mamlakatlarda uzoq vaqt davom etgan ishsizlik 40 foizga yetadi. Markaziy va G‘arbiy Osiyoda norasmiylik hali ham keng tarqalgan (43 foiz). Ishlab turib qashshoq bo‘lish, ishning yomon sifati va mehnat bozoridagi doimiy notenglik muammoligicha qoladi.

Avvalroq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan bandlikka oid ma'lumotlar taqdim etilgan edi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholi soni 19 millionga yaqin bo‘lsa, band aholi soni 13 milliondan ziyod. Ularning 5 milliondan oshig‘i rasmiy sektorda, 8 millionga yaqini norasmiy sektorda band. Xorijda ishlayotganlar soni esa 2 million 300 mingdan ziyodni tashkil etadi. 

Mavzuga oid