Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi YTHga uchradi
O‘zbekistonning Olmaota shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yil 16 iyul kuni Olmaota-Toshkent-Termiz trassasining 63-km.da Turkiston viloyati hududida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
TIV xabarida aytilishicha, YTH oqibatida mikroavtobusning 5 nafar yo‘lovchisi voqea joyida vafot etdi. Ulardan uch nafarining shaxsi aniqlanmoqda.
Mazkur transport vositasi haydovchisi va 6 nafar yo‘lovchisi, jumladan 4 nafar O‘zbekiston fuqarolari jarohat oldi. Tibbiy ko‘rikdan so‘ng sog‘liklari holatining barqaror ekanligi sababli hamyurtlarimizga tibbiyot muassasasidan ruxsat berilgan.
Vaziyat Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan.
Konsullik-huquqiy departamenti fojiali yakun topgan YTH munosabati bilan hamdardlik bildirgan hamda Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan: +7-727-291-11-78.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025