Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron tomonidan ushlangan tanker BAAning yo‘qolgan kemasi bo‘lib chiqdi
Eron 18 iyulda ushlanganini ma'lum qilgan xorijiy tanker BAAning 14 iyulda yo‘qolib qolgan kemasi bo‘lib chiqdi.
Associated Press axborot agentligining xabar berishicha, Eron televideniyesi ushlangan tanker aks etgan videoni namoyish qilgan. Kemada BAAda qayd qilingan Riah tankeriga tegishli raqam tushirilgan bo‘lgan.
Avvalroq Eron Islom inqilobi soqchilari korpusi yonilg‘i kontrabandasida gumon qilingan xorijiy tanker ushlanganini, ekipajning 12 a'zosi hibsga olinganini ma'lum qilgan. Biroq tanker qaysi davlatga tegishli ekaniga aniqlik kiritilmagan.
Eron OAV ma'lumotlariga ko‘ra, tanker eronlik kontrabandachilardan xorijiy xaridorlarga yonilg‘i olib ketayotgan bo‘lgan.
14 iyulda Panama bayrog‘i ostida suzgan Riah tankeri Hurmuz bo‘g‘ozidan o‘tayotib, Eron tomon yo‘nalishni o‘zgartirgan, so‘ngra o‘z o‘rni haqida ma'lumotlar bermay qo‘ygan.
Keyinroq Tehronda tankerda texnik nosozliklar yuz bergani, Eron unga yordamga kelib, uni o‘z hududiga olib ketgani ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
22:27 / 19.05.2025