Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Valdes «Barselona»ga qaytdi
Foto: FC Barcelona
«Barselona»ning sobiq posboni Viktor Valdes klubning yoshlar jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi.
Ispaniyalik 37 yoshli mutaxassis 2020 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani imzoladi. Uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham bor.
O‘tgan mavsumda Valdes «Moratalas» o‘smirlar jamoasida ishlab, uni Madrid ligasida chempion qilgan edi.
Iyun oyida Valdes UYeFAning Pro murabbiylik litsenziyasini oldi va yuqori liga jamoalarini boshqarish huquqiga ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Viktor Valdes 2000-2014 yillarda «Barselona» sharafini himoya qilgan. Keyinchalik esa «Manchester Yunayted», «Standard Lej» va «Midlsbro» klublarida ham o‘ynagan.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025