Jamiyat | 19:40 / 22.07.2019
57968
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda «Captiva» haydovchisi o‘zini «ranjitgan» haydovchi mashinasini o‘qqa tutdi

Foto: Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida pnevmatik to‘pponcha qo‘llagan “Captiva” rusumidagi avtomobil haydovchisi qo‘lga olindi. Bu haqda OAV xabar berdi. 

Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, 20 iyulda G‘ijduvon tumanida “Captiva”ning 30 yoshli haydovchisi mast holatda mashina boshqargan. U shu kuni tuman markaziga kelib, “Kaktus” kafesi yonida “Matiz” haydovchisi bilan tortisha boshlagan. Dahanaki jangdan keyin “Captiva” haydovchisi pnevmatik to‘pponcha chiqarib, “Matiz”ning yon oynasiga o‘q uzib, uni sindirgan.  

Keyinroq qoidabuzar haydovchi ushlangan va unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Endi u 300 soatdan 360 soatgacha jamoat ishlari yoki bir yildan 3 yilgacha ozodligi cheklanishi yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinish bilan jazolanishi mumkin.

Mavzuga oid