Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada tanishini 8000 dollarga «uxlatgan» shaxs qo‘lga olindi
2019 yil 12 iyul kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida yashovchi 33 yoshli I.M. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
U 2018 yil sentabr oyida tanishi 25 yoshli A.A. unga yer maydoni olib berishini aytib, aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, undan 3 000 AQSh dollarini olganligini, bundan tashqari, A.A. I.M.ga Farg‘ona shahrida yashovchi 33 yoshli B.Y.ning nomida bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashinasini 6000 AQSh dollariga sotishga kelishib, 5000 AQSh dollarini olib, shu kunga qadar avtomashinani nomiga rasmiylashtirib bermay kelayotganligini ma'lum qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.A. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025