Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotoreportaj: Oltinko‘lda katta kurash sayli
Oltinko‘l tumanidagi “Oqtepa” mahallasida o‘tkazilgan kurash sayli sport ixlosmandlari uchun chinakam bayramga aylanib ketdi. Asrlar osha yetib kelayotgan milliy sport turiga bo‘lgan qiziqishni kurash maydonini davra qilib o‘rab o‘tirgan yoshu-keksa ishqibozlarning ko‘pligidan ham bilib olish mumkin.

Chunki tuman hokimining sovrinini qo‘lga kiritish uchun Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarining eng mohir belbog‘li kurash ustalari “Oqtepa”ga to‘planishdi. Shuningdek, qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidan ham manaman degan polvonlar tashrif buyurishdi.


42-umumta'lim maktabi stadionida tashkil etilgan bellashuvlar barcha muxlislarni hayajon ostida ushlab turdi. Anchadan beri bunday katta musobaqaga guvoh bo‘lmagan ishqibozlar har bir bahsni maroq bilan tomosha qilishdi. Ayniqsa, oqtepalik Navro‘z polvonning shijoati ularning zavqiga zavq qo‘shdi. Aynan shu kurashchi o‘rta vazn toifasida 1-o‘rinni egallagani tufayli tuman hokimi tomonidan qo‘chqor bilan taqdirlandi.






Shuningdek, boshqa g‘olib va sovrindorlarga qimmatbaho sovg‘alar in'om etildi.
Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
16:40 / 14.01.2025
Sport kurashlari assotsiatsiyasida Salim Abduvaliyevning o‘rniga yangi rahbar saylandi
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
10:57 / 25.11.2024
Mo‘g‘ulistonda o‘zbek kurashi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi
16:59 / 02.11.2024