Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston armiyasi dunyoning eng kuchli armiyalari orasida 48-o‘rinni egalladi
Global Firepower tahliliy markazi dunyoning eng kuchli armiyalarining 2019 yilgi reytingini e'lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston armiyasi bir yil avvalgi reytingga nisbatan 10 o‘rin pastlab, 48-o‘rinni egallagan (avvalgi reytingda 38-o‘rin). Shunga qaramay, O‘zbekiston armiyasi Rossiya (2-o‘rin), Ukraina (29-o‘rin) va Belarus (39-o‘rin) armiyasidan keyin MDH davlatlari orasida 4-raqamli, Markaziy Osiyoda esa eng kuchli armiya deb topilgan.

Reytingda umumiy hisobda 137 davlat armiyasi keltirilgan. Ro‘yxatga AQSh, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Britaniya, Turkiya, Germaniya yetakchilik qilmoqda.

Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston armiyasi 54-o‘rinni, Turkmaniston armiyasi 75-o‘rinni, Qirg‘iziston armiyasi 91-o‘rinni, Tojikiston armiyasi 94-o‘rinni egallagan.
Ma'lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston qurolli kuchlarida 420 ta tank, 179 ta samolyot, 1215 ta jangovar transport vositasi mavjud bo‘lib, davlatning mudofaa xarajatlari yiliga 70 mln dollardan ko‘proqni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
13:20 / 21.05.2025
OAV: Urush boshidan beri Rossiya armiyasidan 49 ming kishi qochgan bo‘lishi mumkin
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025