Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh 20 yildan so‘ng o‘lim jazosini ijro etishga qaytdi
AQSh hukumati salkam 20 yillik tanaffusdan so‘ng, sudlarning federal darajada chiqargan oliy hukmlarini ijro etishga qaytdi. Bu haqda mamlakat Adliya vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
AQSh bosh prokurori Uilyam Barr mazkur qaror haqida AQSh qamoqxonalar federal boshqarmasi boshlig‘i Xyu Gurvitsani xabardor qilgan va qariyalar hamda bolalarni o‘ldirganlikda aybdor deb topilgan 5 jinoyatchini qatl qilish muddatini belgilash vazifasini topshirgan. Gap eng dahshatli holatlar haqida bormoqda, jinoyatchilar jabrdiydalarni o‘ldirishdan avval zo‘rlagan va nomusiga tekkan. Taklif etilgan jadvalga ko‘ra, 5 jinoyatchi 2019 yil yanvaridan 2020 yil yanvarigacha bo‘lgan muddatda qatl etiladi.
Hujjatda qayd etilishicha, oliy jazo jinoyatchilarga pentobarbital moddasini ineksiya qilish orqali ijro etiladi.
AQShda 2003 yildan buyon federal darajada oliy jazo ijro etilmayotgan edi. Shuning barobarida, shtatlar hukumatlari oliy jazoni bekor qilish yoki bekor qilmaslikni mustaqil ravishda aniqlashga ruxsat berilgandi. Mamlakatning 23 shtatida o‘lim jazosi taqiqlangan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025