Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikada 35 yil muqaddam bedarak yo‘qolgan qizning qoldig‘i topildi
AQShda salkam 35 yil muqaddam bedarak yo‘qolgan qizning qoldiqlari topildi. U Kolorado shtati, Ueld okrugidagi uyidan sirli ravishda g‘oyib bo‘lgan edi. Bu haqda politsiya mahkamasiga tayangan holda CNN xabar qilmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bergan ma'lumotga ko‘ra, jasad qoldiqlariga 23 iyul kuni quvur o‘tkazish uchun zovur qazayotgan ishchilar duch kelgan. Voqea joyida topilgan dalillar va ekspertiza xulosalariga ko‘ra, u 12 yoshli Jonelle Matthews’ga tegishli ekani aniqlangan.
Qiz 1984 yil 20 dekabrda bedarak yo‘qolgan. Uni so‘nggi marotaba kechki soat 8lar atrofida uyiga kirib ketayotganida ko‘rishgan. O‘sha kuni u o‘qigan maktabda xor konserti bo‘lgan va qizni sinfdoshi otasi bilan uyiga olib kelgan. Jonell ota-onasi kechki 22lar atrofida uyga kelganida kirish eshigi ochiq bo‘lib, qizning tuflisi stul yonida, chulkisi divan ustida bo‘lgan. O‘zini hech qayerdan topa olishmagan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025