Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Patris Evra faoliyatini yakunladi
Fransiyalik chap qanot himoyachisi Patris Evra 38 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi, deb xabar beradi Squawka.
Futbolchi faoliyati davomida ko‘plab klublarda o‘ynadi. Uning 8 yillik qismini «Manchester Yunayted»da o‘tkazdi. Keyinchalik «Yuventus» tarkibida to‘p tepdi.
Evra umumiy hisobda 733ta o‘yinda maydonga tushib, 17ta gol urgan. Fransiya milliy jamoasi tarkibida 81ta o‘yinni o‘tkazgan.
U Angliyaning 5 karra chempioni, Italiyaning 2 karra chempioni, «Manchester Yunayted» tarkibida Chempionlar Ligasi g‘olibi va klublararo jahon chempionati g‘olibi sanaladi.
Mavzuga oid
16:56 / 06.08.2019
Patris Evra: «Ronalduning uyiga boshqa hech qachon mehmon bo‘lib bormayman»
19:28 / 31.07.2019
«Chempion hikoyalari». Patris Evra og‘ir bolalik, aqlsiz qiliqlari va Fergyusonning final oldidan nutqi haqida
11:45 / 06.11.2017
«Marsel» fanatlari Evraning daf bo‘lishini talab qilib, katta banner ko‘tarishdi
18:31 / 04.11.2017